Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohga kirish vaqtida oʻz familiyasini oʻzgartirgan er…

Sudlarga tushuntirilsinki, nikohga kirish vaqtida oʻz familiyasini oʻzgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli. Biroq, uning xohishiga binoan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilayotganda sud tomonidan unga nikohgacha boʻlgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar mazkur masala sud tomonidan qaror chiqarish paytida hal qilinmagan boʻlsa, familiyani oʻzgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi (OK 220-moddasi ).