Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 13-band. Sudlar shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqi shaxsni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki…

Sudlar shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqi shaxsni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita aniqlash imkonini beradigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan shaxsiy nomulkiy huquq ekanligidan kelib chiqishlari lozim. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish (jumladan, ularni toʻplash, saqlash, foydalanish, tarqatish, oʻzgartirish va uzatish) faqat maʼlumotlar subyektining xabardorligi va ixtiyoriy, aniq roziligi bilan yoki boshqa qonuniy asosda amalga oshirilishi mumkin. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga koʻra, bunday rozilik uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday shaklda boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. Maʼlumotlar subyekti muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, voyaga yetmagan yoki vafot etgan hollarda, rozilik uning qonuniy vakili yoki merosxoʻrlari tomonidan yozma, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Maʼlumotlar subyekti istalgan vaqtda oʻz roziligini u qanday shaklda berilgan boʻlsa, oʻsha shaklda yoki yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida qaytarib olish huquqiga ega. Tegishli rozilikning mavjud emasligi, ishlov berishning belgilangan maqsadlaridan chetga chiqish yoki qonuniylik va yetarlilik tamoyillariga rioya qilmaslik shaxsiy huquqlarning buzilishi deb tan olinadi va fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka sabab boʻladi. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishi natijasida buzilgan huquqlar maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha harakatlarni qonunga xilof deb topish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni toʻxtatish majburiyatini yuklash, ularni oʻchirish yoki bloklash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash, shuningdek buzilgan huquqni tiklashga qaratilgan boshqa usullar bilan tiklanishi mumkin. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qonung