Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar deganda shaxsning: hayoti va sogʻligʻi; shaxsiy daxlsizligi; shaxsiy hayot daxlsizligi; xususiy va oilaviy sir saqlash huquqi; ism (nom)ga boʻlgan huquqi; tasvirga boʻlgan huquqi; shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqi; mualliflik huquqi, shu jumladan intellektual faoliyat sohasidagi huquqlar; shaʼni va qadr-qimmati; ishchanlik obroʻsi; boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar; tugʻilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq shaxsga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tushuniladi. Ushbu huquqlarning buzilishi mulkiy oqibatlarga olib kelishidan qatʼi nazar, sud orqali himoya qilinishi mumkin va ularni cheklash faqat qonunlarda belgilangan holatlardagina yoʻl qoʻyiladi.