Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 39-band. Sudlarning eʼtibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib hal qilish…

Sudlarning eʼtibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib hal qilish zarurligiga va ishlarni koʻrishda sansolarlikka yoʻl qoʻymaslikka qaratilsin. Shu bilan birga, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish raqamli muhitda undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi yoki uning ijro etilishi mumkin boʻlmay qolishini inobatga olib, sud tomonidan hal qiluv qarorining darhol ijroga qaratilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin (FPK 267-moddasi).