Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 16-band. Sudlarga tushuntirilsinki, qarzdor aliment undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻining…

Sudlarga tushuntirilsinki, qarzdor aliment undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida arz qilingan talabga qarshi eʼtiroz bildirsa, FPK 181-moddasi tartibida sud buyrugʻi bekor qilinishi lozim. Sud buyrugʻi FPK 177-moddasiga asosan ijroga qaratilganidan oʻn kun muddat oʻtganidan soʻng bildirilgan eʼtirozlar muddatni tiklash haqida ariza mavjud boʻlmasa, sud tomonidan koʻrilmaydi va arizachiga qaytariladi.