Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Voyaga yetmagan bola ota-ona qaramogʻidan olinib, bolalar tarbiya muassasasiga…

Voyaga yetmagan bola ota-ona qaramogʻidan olinib, bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilgan har qanday holatda, bolalarga taʼminot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligidan kelib chiqib, Oila kodeksi 107-moddasiga asosan ota-onasining har biridan aliment bolaning foydasiga undirilib, bola nomiga ochilgan bank hisob-varagʻida jamlanadi.