Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment toʻlashi…

Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment toʻlashi belgilangan boʻlib, bunda sudlar qonun talabiga koʻra, voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatli yoki layoqatsizligi hamda moddiy yordamga muhtojligi yoki muhtoj emasligini aniqlashga eʼtibor qaratishlari lozim. Sudga murojaat qilgan taraf voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatsizligi va yordamga muhtojligi toʻgʻrisida dalil (nogironlik haqida TIEK yoki boshqa vakolatli organ xulosasi, moddiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumot va boshqa) taqdim etishi lozim. Yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligiga esa tegishli maʼlumotlar asosida sudning oʻzi baho berishi lozim. Sudlar aliment undirishda bolalarning mehnatga layoqatliligini yoʻqotilganlik darajasi va ularning haqiqatdan muhtoj ekanligini, taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini eʼtiborga olishlari kerak.