Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 10-band. Qonun 39-moddasining oʻn birinchi qismiga koʻra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari…

Qonun 39-moddasining oʻn birinchi qismiga koʻra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik subyekti tomonidan tekshirishda birlashma vakilining ishtirok etishi istagi bildirilgan taqdirda, unga birlashma vakilini taklif etish uchun imkoniyat berilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday imkoniyatning berilmaganligi tekshirishni noqonuniy deb topish uchun asos boʻlmaydi. Shu bilan birga, sudlar bunday holatga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarning harakatlariga tegishli huquqiy baho berishlari zarur.