Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 16-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud-avtotexnika ekspertizasi vakolati doirasiga…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud-avtotexnika ekspertizasi vakolati doirasiga faqat yoʻl-transport hodisasi bilan bogʻliq maxsus texnik masalalarni hal etish kiradi. Shuning uchun, ekspertiza tayinlashda sudlar ekspertlar oldiga yechimi mutloq sudning vakolatiga taalluqli (masalan, yoʻl harakati ishtirokchisining aybdorlik darajasi toʻgʻrisida) huquqiy masalalarni qoʻyishga haqli emaslar.