Jinoyat kodeksi 262-moddasi boʻyicha javobgarlik, taʼmirlash ishlarini bajarayotgan shaxs yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun masʼul shaxs tomonidan temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasi, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoxud boshqa transport uskunalari sifatsiz taʼmirlangan, shuningdek texnik jihatdan nosoz transport vositasini foydalanishga chiqarishga ruxsat berilgan hollarda kelib chiqadi. Bunda, transport vositalari, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarining texnik holati uchun masʼul shaxs, texnik nosozlikdan xabardor boʻlishi shart.