Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti oʻn toʻrt yoshga toʻlgan, JK 260 — 262, 263¹ , 264 — 266, 268 , 269- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti esa, oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs hisoblanadi. Tushuntirilsinki, JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti sifatida transport vositasini boshqargan, yaʼni: haydovchilik guvohnomasiga ega; yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyilgan; tegishli turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan; umuman transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan; qoʻsh boshqaruvli oʻquv (mashq) transport vositasida transportni boshqarishni oʻrgatayotgan shaxs topilishi mumkin.