Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganlarida (agar, turar-joy boʻyicha uzoq muddat saqlanishi koʻrsatilmagan boʻlsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno). Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda boʻlmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqi manfaatdor shaxslarning daʼvosi boʻyicha sud yoʻli bilan yoʻqotgan deb topilishi mumkin. Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, daʼvoni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.