Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan koʻchirilishi mumkin boʻlmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada koʻzda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega boʻlgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar-joy berilishi bilan koʻchirilishi mumkin.