Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Fuqarolar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan valyuta qimmatliklarini ancha…

Fuqarolar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan valyuta qimmatliklarini ancha miqdordan kam miqdorda qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 170-moddasi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olish yoki oʻtkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa, JK 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki oʻtkazish JK 177-moddasi ikkinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi. Agar shaxsda ancha miqdor yoki undan ortiq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadi boʻlib, bu maqsadni qismlarga boʻlib amalga oshirsa, uning harakatlari valyuta qimmatliklari umumiy summasidan kelib chiqib, JK 177-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.