Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, sud FKning 114-moddasi talablari asosida taraflarni dastlabki holatga keltirish masalasini hal qilmogʻi lozim. Xususiylashtirish hujjatlari (akti)ni haqiqiy emas deb topish haqidagi sud qarori, ijarachini keyinchalik shu uy-joyni “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan xususiylashtirish huquqidan mahrum qilmaydi.