Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 6-band. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning muqaddimasi hamda 1 va…

“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning muqaddimasi hamda 1 va 3-moddalarining mazmuniga koʻra, fuqarolar oʻzlari egallab turgan turar joylarini xususiylashtirishni soʻrab murojaat etgan boʻlsalar, ularning bunday talablari ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlar asosida rad qilinishi mumkin emas. Qayd etilgan Qonunning 16—20-moddalarida belgilangan turar joylarni xususiylashtirishni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish fuqarolar uchun ham, davlat va mahalliy uy-joy fondidagi turar joylarni fuqarolar egaligiga oʻtkazish majburiyat va vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqaro egallab turgan turar joyni xususiylashtirish rad qilinishi ustidan shikoyat maʼmuriy sudlar sudloviga taalluqli.