Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining mol-mulkdagi ulushini imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozim: a) Fuqarolik kodeksining 223-moddasida , mol-mulkka boʻlgan umumiy ulushli mulk huquqi umumiy mulkdan ulush asl holida ajratib berilishi bilan bekor boʻlishi nazarda tutilganligi tufayli, fuqarolarning uyga nisbatan umumiy ulushli mulk huquqi shunday tartibda bekor boʻlganidan keyin ular mazkur uydan ulushni imtiyozli sotib olish huquqini ham yoʻqotadilar; b) imtiyozli sotib olish huquqi umrbod taʼminlash sharti bilan uyni boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzishda tatbiq etilmaydi; v) imtiyozli sotib olish huquqi buzilgan taqdirda, umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchisi sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilish uchun Fuqarolik kodeksi 224-moddasida belgilangan uch oylik muddat manfaatdor shaxs huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan hisoblanadi.