FK 212-moddasining beshinchi qismi talabiga koʻra, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmaydigan boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi FK 212-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bunday holda, sudlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni koʻrayotganda, ushbu qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzilishiga, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishiga olib kelmasligini aniqlashi shart.