Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 187-moddasining egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat toʻgʻrisidagi normalari, uyga egalik qilish mazkur qonunda belgilangan muddat mobaynida shartnoma majburiyatlari (ijara, tekin foydalanish) asosida amalga oshirilgan hollarda qoʻllanilmaydi. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqi vujudga kelishi bilan avvalgi mulkdor uyga boʻlgan mulk huquqini yoʻqotadi.