Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Uyning bir qismiga nisbatan uy qurilishidagi ishtirokka asoslangan mulk huquqini eʼtirof…

Uyning bir qismiga nisbatan uy qurilishidagi ishtirokka asoslangan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, uy qurishda imorat soluvchiga yot shaxslarning ishtirok etganligi qurilgan uyning bir qismiga nisbatan ularning mulk huquqini eʼtirof etish uchun asos boʻla olmaydi. Bunday shaxslar uy mulkdoridan qilgan xarajatlarini qoplab berishni talab qilishga haqlidirlar.