Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 4-band. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi toʻgʻrisidagi qonunning hayotga tatbiq etilishini…

Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi toʻgʻrisidagi qonunning hayotga tatbiq etilishini taʼminlash, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida sudlar yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning qonuniy vakillariga yarashuv institutining mohiyatini, Jinoyat kodeksi 66¹-moddasida koʻzda tutilgan jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslari tushuntirilganligiga va bu haqda tegishli bayonnoma tuzilganligiga eʼtiborlarini qaratishlari lozim. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud zimmasiga qonun bilan yuklatilgan majburiyatlardan biri, bu — yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakiliga tushuntirish shartligidir. Qonunning ushbu talabiga rioya etmaslik yarashuv toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorning bekor qilinishiga asos boʻlishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakili faqat birinchi instansiya sudi maslahatxona(alohida xona)ga kirgunga qadar ayblanuvchi (sudlanuvchi) bilan yarashishdan voz kechishga haqli.