Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 9-bandiga asosan merosni qabul qilish va merosning…

FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 9-bandiga asosan merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktini belgilashga agarda notarius manfaatdor shaxs meros va mulkni egallash huquqiga kirishganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim eta olmasligi sababli merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etgan hollarda zarurat vujudga keladi. Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi, yaʼni fuqaroning doimiy yashab kelgan joyi, merosning ochilish joyi hisoblanadi, agar uning oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, unga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan koʻchmas mulk mavjud boʻlmagan hollarda esa koʻchar mulkning asosiy qismi joylashgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.