Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Sudlar oʻlganlik faktini aniqlash ishlarini oʻlimni qayd etilganlik faktini aniqlash…

Sudlar oʻlganlik faktini aniqlash ishlarini oʻlimni qayd etilganlik faktini aniqlash ishlaridan farqlashlari lozim (FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi). Sud oʻlimni qayd etilganlik faktini, agar bunday qayd qilish tegishli hujjatlar asosida muqaddam amalga oshirilgan boʻlib, lekin dalolatnoma yozuvi saqlanmagan, yoʻqolgan va tiklanishi mumkin boʻlmagan taqdirda aniqlaydi. Oʻlganlik faktini aniqlashda, oʻlganlik holatining oʻzi (oʻlim sodir boʻlgan aniq holatlar, shuningdek oʻlimning aniq sanasi) aniqlanishi lozim. Oʻlganlik fakti FHDY organlari tomonidan oʻlimni qayd qilish rad qilinganligi, shuningdek shaxsning oʻlimini haqiqatda tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda sud tomonidan aniqlanadi. Sudning oʻlganlik faktini aniqlash ishlari boʻyicha hal qiluv qarorida FHDY organlari tomonidan kelgusida oʻlim faktini qayd etish uchun zarur boʻlgan barcha aniq va toʻliq maʼlumotlar boʻlishi kerak.