Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Amaldagi qonunlarda belgilashning boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni…

Amaldagi qonunlarda belgilashning boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar sud tartibida koʻrilishi mumkin emas. Jumladan, quyidagi faktlar sud tartibida aniqlanmaydi: a) haqiqiy harbiy xizmatni oʻtaganlik, partizan otryadida boʻlganlik, janglarda yarador boʻlganlik; b) odamning yoshini belgilash toʻgʻrisidagi; v) oliy oʻquv yurtini, texnikumni, oʻrta maktabni va boshqa oʻquv yurtlarini bitirganlik faktlarini belgilash; g) partiya, kasaba uyushmalari harbiy hujjatlarni, pasport va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni tegishliligi faktlari.