Prokuratura idoralari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, davlat, jamoat hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlarini qarab chiqadilar va basharti, hal etishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, fuqarolar hamda tashkilotlarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar. Prokurorlar fuqarolarni shaxsan qabul qiladilar. Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi va nazorati idoralariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga egadir. Prokurorning shikoyat va ariza boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori pogʻonadagi prokurorga shikoyat qilish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori shikoyat yuzasidan qaror qabul qilganidan keyin prokuratura idoralarida ana shunday shikoyatlarga doir ishlar yotqiziladi, yangi maʼlum boʻlgan holatlarga doir shikoyatlar bundan mustasnodir.
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA IDORALARINING TIZIMI VA ULARNI TAShKIL ETISh