Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy-davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini gʻayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgandir.