Prokuratura toʻgʻrisida 24-modda. Prokurorning vakolatlari

Prokuror oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish chogʻida: xizmat guvohnomasini koʻrsatib, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tobeligidan, kimga qarashligi ekanligidan va mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar muassasalar, korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining, jamoat birlashmalarining hududi va binolariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni olib koʻrishga; tekshirish uchun zarur boʻladigan qarorlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli toʻgʻrisida va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqida maʼlumotlarni olishga; davlat idoralari, harbiy qismlarning, vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mansabdor shaxslardan oʻz nazorati ostidagi hamda oʻz boʻysinuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish etishni, tekshirishlar, idoraviy va noidoraviy ekspertizalar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlar buzilganligiga doir ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. Qonun buzilganligi aniqlangan taqdirda prokuror va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, muassasalarning, korxonalar va tashkilotlar, hokimlar, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining va jamoat birlashmalari hujjatlariga, shuningdek mansabdor shaxslarning qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirishga; qonunda belgilangan tartibda jinoiy ishlar, intizomiy ishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar qoʻzgʻatishga, koʻrib chiqishi uchun materiallarni jamoatchilik muhokamasiga topshirishga; qonunni ochiqdan-ochiq buzish hollariga chek qoʻyish toʻgʻrisida amrnom