Prokuratura toʻgʻrisida 26-modda. Prokurorning qarori

Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonunning buzilish mazmunidan kelib chiqqan holda jinoiy ish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi yoki intizomiy huquqbuzarlikka doir ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida asosli qaror chiqaradi. Qonunda koʻzda tutilgan oʻzga hollarda ham prokuror qaror chiqaradi. Intizomiy yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokuror qarori idora yoki aniq mansabdor shaxs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qarab chiqilish natijalari toʻgʻrisida prokurorga zudlik bilan yozma ravishda maʼlum qilinadi.