Prokuratura toʻgʻrisida 3-modda. Prokuratura faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradilar: inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; ushbu Qonunning birinchi moddasida kayd etilgan barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish (umumiy nazorat); jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qoʻllashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish; sudlarda jinoiy ishlar koʻrib chiqilishida davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda xoʻjalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; jinoyatlar yuzasidan tergov olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish; qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni targʻib qilishda qatnashish.