Aktlar va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va maʼlumotlar taqdim etish, tekshirishlar va taftishlar oʻtkazish, mutaxassislar ajratish, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi yuzasidan tushuntirishlar berishdan boʻyin tovlash, shu jumladan prokuror fikri bildirilgan hujjatlarda bayon etilgan talablarni bajarishdan bosh tortish hamda ularni toʻliq hajmda bajarmaslik tarzida prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va prokuror talablarini bajarmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga olib keladi.