Prokuratura toʻgʻrisida 41-modda. Jinoiy ishlar va fuqarolik ishlari yuzasidan sud chiqargan qarorlarining ijrosini toʻxtatib turish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har qanday sudning protest keltirilgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ijrosini ish nazorat tartibida hal etilgunga qadar toʻxtatib turishga haqlidir. Fuqarolik va xoʻjalik ishlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish huquqi berilgan prokurorlar qonun ochiq-ravshan buzilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar yetarlicha boʻlgani taqdirda ishni talab qilib olish bilan birga sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorining ijrosini ular ustidan protest keltirgunga qadar koʻpi bilan uch oy muhlatga toʻxtatib turishga haqlidirlar.