Nazorat predmetini: ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalarda shaxslarni saqlash qay darajada qonuniy ekanligi; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni oʻtash, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi; ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar, shuningdek boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlariga rioya etilishi qay darajada taʼminlanayotganligi; jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllaydigan organlar va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi tashkil etadi.