Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari doirasida xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq tajriba almashish, prokuror nazoratini amalga oshirishning ilgʻor uslublarini oʻrganish va joriy etish, jinoyatchilikka va qonuniylik buzilishiga qarshi kurash, xodimlarga taʼlim berish va ularning oʻquvini tashkil etish hamda boshqa masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning prokuraturalari bilan xalqaro va davlatlararo aloqalarga ega boʻlishi mumkin.