Prokuratura toʻgʻrisida 8-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida prokurorning ishtirok etishi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida belgilangan tartibda qatnashish huquqiga egadirlar. Viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar belgilangan tartibda tegishli va quyi darajadagi hokimiyat va boshkaruv idoralarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.