Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat brokyerlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.