Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 50-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi

Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi: qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi; investorlarning hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi; qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi; qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka guvohnomalari beradi; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) muomalaga chiqarish, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi; qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan xulosalar va koʻrsatmalar chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalarni qoʻllaydi; oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi boshqa koʻrsatkichlarni, shu