Raqobat toʻgʻrisida 22-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keluvchi hujjatlarni qabul qilish hamda harakatlarni amalga oshirish (harakatsizlik), shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi: faoliyatning biron-bir sohasida yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga yoki muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga nisbatan taqiq belgilash yoki cheklovlar joriy etish; xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni undan chiqarib yuborish; shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablagʻlarning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yoʻnalishlarining afzalligi toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻrsatmalar berish; xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish, shu jumladan tovarlarga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilmagan talablarni belgilash yoʻli bilan toʻsqinlik qilish; tovarlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini qonunga xilof ravishda cheklash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlarni yoki boshqa fuqarolik huquqlari obyektlarini tasarruf etish hamda ulardan foydalanish huquqlariga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar belgilash; xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni sotib olish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish yoki tovarlarni sotib oluvchilarga bunday tovarlarni realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tiqishtirish yoxud ushbu subyektlarni tanlashda cheklovlar belgilash; xoʻjalik yurituvchi subyektlarga axborotdan oʻz raqobatchilarining tovar yoki moliya bozorida kamsitilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda ustuvor foydalanish imkoniyatini berish; ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektl