Raqobat toʻgʻrisida 26-modda. Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati

Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish orqali vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: xoʻjalik yurituvchi subyektni qoʻshib olish yoki qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etishda; shaxs yoki shaxslar guruhi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortigʻini tasarruf etish yoxud masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda. Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bitimlarda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa, iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik iqtisodiy konsentratsiyaga vakolatli davlat organining oldindan roziligini olish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: davlat ishtirokidagi korxonalarning qoʻshib yuborilishiga yoki qoʻshib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarga; xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga; xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga; aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan jamiyat)