Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar pul undirish (jarimalar) tarzida qoʻllaniladi va qonunchilikning bunday buzilishlari quyidagi miqdorlarda jarimalar solishga sabab boʻladi: 1) tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi raqobatga qarshi kelishuvlar tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan chetdan muvofiqlashtirganlik uchun — tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq boʻlmagan davrda: xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyektning tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi summasining 5 foizi miqdorida; yuridik shaxslarning birlashmalariga — kelib tushgan aʼzolik badallari summasining 5 foizi miqdorida; 2) tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni hamda ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilganlik, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar narxlarini asossiz ravishda oshirganlik uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq boʻlmagan davrda tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasining 5 foizi miqdorida; 3) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni (harakatlarni) vakolatli davlat organining oldindan roziligini olmasdan turib tuzganlik (sodir etganlik) uchun, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bunday rozilik olish talab etiladigan hollarda — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida; 4) insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunch