Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholaydi, shuningdek tovar yoki moliya bozorida raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan normalarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi. Raqobatga taʼsirni baholash uchun vakolatli davlat organiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritiladi: xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun yangi cheklovlar, litsenziyalarning, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishini yoki amaldagi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillari, faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga nisbatan tatbiq etilishini; litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun qoʻshimcha talablar va shartlar joriy etilishini; yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdoriga doir talablar oshirilishini; xoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlari cheklanishini (kamaytirilishini) yoki ular uchun qoʻshimcha majburiyatlar yoxud qoʻshimcha xarajatlar joriy etilishini; xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun har qanday turdagi imtiyozlar, kafolatlar, preferensiyalar belgilanishini, shuningdek ularga yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlar berilishini. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari faqat vakolatli davlat organining ularning raqobatga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda qabul qilinadi. Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan hisobotlarni koʻrib chiqadi. Vakolatli davlat organi va uning hududiy organlari amaldagi qonunchilik hujjatlarini hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni ularning raqobat toʻgʻrisidagi q