Raqobat toʻgʻrisida 9-modda. Monopoliyaga qarshi komplayens

Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iboratdir. Monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari (bundan buyon matnda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash hamda monitoring qilish; raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi xatarlarini boshqarish; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish; insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish, uning ishlashini taʼminlash hamda monitoring qilish maqsadida masʼul shaxs tayinlanadi. Monopoliyaga qarshi komplayens majburiy tartibda: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda; tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda; oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorin