Binolarning ichiga joylashtiriladigan reklama ichki reklamadir. Ichki reklamani joylashtirish oʻlchamlari u joylashtirilgan joyning egasi tomonidan belgilanadi. Ichki reklamani davlat organlarining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining binolariga joylashtirish taqiqlanadi, bundan ijtimoiy axborot va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.