Reklamani transport vositalariga joylashtirish yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda, transport vositalari egalari va transport vositalariga nisbatan boshqa ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Reklamani umumiy foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yoʻlovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi.