Qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasiga yoʻl qoʻyilmaydi. Lotereyalar reklamasi har bir holda voyaga yetmaganlarning lotereyalarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.