Saylov kodeksi 14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari

Markaziy saylov komissiyasi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi; saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi; saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi; Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatidan (bundan buyon matnda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun saylov okruglarini tuzadi; Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi; hududiy saylov komissiyalarini tuzadi, ularga tegishli hududni (okrugni) biriktiradi hamda hududiy saylov komissiyalarining tarkibi va joylashgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi; yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini eʼlon qiladi; yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi; saylov komissiyalarining aʼzolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari uchun oʻqishlarni tashkil etadi; qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra Qonunchilik pala