Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.