Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat boʻladi. Qonunchilik palatasi deputatlarining: yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha saylanadi; yetmish besh nafari yagona saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya roʻyxati asosida saylanadi.