Bir mandatli saylov okruglaridan saylangan deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida bir mandatli saylov okrugidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, ushbu boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.