Saylov kodeksi 96-1-modda. Yagona saylov okrugi boʻyicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi

Yagona saylov okrugi boʻyicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik oʻrinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan koʻproq foizini toʻplagan siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlanadi. Yagona saylov okrugi boʻyicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik oʻrinlari saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan kamrogʻi yoqlab ovoz bergan siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan koʻproq foizini faqat bitta siyosiy partiya toʻplagan boʻlsa, unda deputatlik oʻrinlari saylovda saylovchilarning eng koʻp ovozini toʻplagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi. Taqsimlanadigan deputatlik oʻrinlari quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi: 1) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik oʻrinlari taqsimlanadigan siyosiy partiyalar uchun yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni aniqlanadi; 2) ushbu qismning 1-bandiga muvofiq aniqlangan ovozlar soni yetmish beshga boʻlinadi. Olingan natija saylov koeffitsiyenti hisoblanadi; 3) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik oʻrinlari taqsimlanadigan har bir siyosiy partiya uchun yoqlab berilgan ovozlar soni saylov koeffitsiyentiga boʻlinadi va shu orqali aniqlangan sonning butun qismi har bir siyosiy partiyaga taqdim etiladigan deputatlik oʻrniga teng boʻladi. Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan tartibda deputatlik oʻrinlari taqsimlangandan keyin, taqsimlanmagan deputatlik oʻrinlari mavjud boʻlsa, qolgan deputatlik oʻrinlari ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Taqsimlanmagan deputatlik oʻrinlari ushbu modda toʻrtinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibda aniqlangan sonning qoldiq qismi (verguldan keyin oltita raqamgacha) kattaroq boʻlgan siyosiy partiyalarga bittadan mandat berish orqali ta