Shaharsozlik kodeksi 13-modda. Shaharsozlik faoliyati obyektlari

Oʻzbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) shaharsozlik faoliyati obyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.